Zulfiyaxonim ijodiga nazar…

Zulfiyaxonim Isroilova hayot yo’llari-yillarda

zulfiya

(1915-1996)

1915 yil 1 mart. Toshkent shahrining O’qchi mahallasida hunarmand oilasida tug’iladi.

1931-34 yillar. Xotin-qizlar bilim yurtida o’qiydi. Adabiy to’garaklarda qatnashadi va she’rlar mashq qiladi.

1931 yil 17 iyul. Birinchi she’ri «Men ishchi qiz» «Ishchi» gazetasida bosiladi.

1932 yil. Hamid Olimjon bilan uchrashadi va turmush qurishadi.

1932 yil. «Hayot varaqlari» nomli birinchi she’rlar to’plami nashr etiladi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida o’qiydi.

1933-35 yillar. O’zbekiston Davlat nashriyotida ishlaydi.

1935-38 yillar. O’zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi til-adabiyot instituti aspiranturasida o’qiydi.

1938 yil. Bolalar nashriyotida muharrir bo’lib ishlagan.

1939 yil. «Qizlar qo’shig’i» she’riy kitobi chiqadi.

1941 yil. O’zbekiston Davlat nashriyotida adabiyot bo’limi boshlig’i.

1943 yil. «Hulkar» kitobi, «Uni Farhod der edilar» poemasi nashr etildi.

1944 yil. «Hijron kunlarida» kitobi chiqadi.

1944 yil. Hamid Olimjon vafotiga atab «Kechir, qoldim g’aflatda», «Yulduz», «Ne balolarga etding mubtalo», «Sen qaydasan, yuragim», «Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh», «Bahor keldi seni so’roqlab» she’rlarini yozadi.

1950-53 yillar. «O’zbekiston xotin-qizlari» jurnali bo’limi boshlig’i.

1950 yil. «Men tongni kuylayman» she’riy kitobi chiqadi.

1953 yil. «Dugonalar bilan suhbat» kitobi nashr etiladi. «Oydin» ocherki bosildi.

1954 yil. «Saodat» juralining bosh muharriri.

1958 yil. «Yuragimga yaqin kishilar» kitobi chop etiladi.«Mushoira» she’ri, «Zaynab va Omon» operasi liberettosi yozildi.

1965 yil. O’zbekiston xalq shoiri unvoni beriladi.«Kuylarim sizga» she’rlar to’plami, «O’ylar» adabiy maqolalari kitobi chop etiladi.

1967 yil. “Javoharlal Neru” xalqaro mukofoti laureati bo’ldi. «Quyoshli qalam» poemasini yozdi.

1970 yil. “Nilufar” xalqaro mukofot laureati bo’ldi.

1972 yil. «Visol» she’rlar to’plami nashr etildi.

1972 yil. Bolgariya Xalq Respublikasining2-darajali “Kiril va Mefodiy” ordenini oldi.

1974 yil. 2 jildlik «Asarlar» to’plami chiqdi.

1975 yil. «Yillar, yillar» she’rlar kitobi chop etildi.

1976 yil. «Kamalak» she’rlar kitobi uchun Davlat mukofoti berildi. «Shalola» she’rlar kitobi chiqdi.

1984 yil. Mehnat Qahramoni unvoni berildi. Respublika Davlat mukofoti laureati bo’ldi. Hamid Olimjonning «Semurg’» dostoni asosida pьyesa-ertak yozdi.

Orden va medallar bilan mukofotlangan.

1996 yilda vafot etdi.

Leave a Reply