Uloq-ko’pkari – chavanndoz va ot ruh-u jismi birlashgan o’yin

ulloq8

Sizlarni xalq o’yinlari bilan tanishtirishda davom etamiz.Bu galgi sharhimiz ota-bobolarimizdan meros qolgan «Uloq-ko’pkari»haqida boradi.

Uloq- koʻpkari — Oʻrta Osiyo xalqlarining qad. ommaviy, milliy oʻyinlaridan biri. Asosan, gʻalaba va hosil bayramlari, toʻy va sayillar munosabati bilan oʻtkazilgan. Hukmdor va har xil amaldorlardan tashqari oʻziga toʻq odamlar, hatto oddiy aholi ham u oʻyinlarini tashkil etgan. Koʻproq xatna (chipron) toʻylarida rasm boʻlgan. U turkiy xalklar, ayniqsa, uning qoʻngʻirot, qurama, ming , mangʻit, oyrat, yoyilma, kenegas, qipchoq, barlos kabi urugʻlari orasida ommalashgan.Turli joyda har xil qoida boʻyicha (chortoq, sudratma, marra, poyga, pakka, minbar va boshqa nomlar bilan atalgan) o’tkazilgan. U koʻngilochar tomosha yoki shunchaki oʻyin boʻlmasdan oʻgʻil bolalar, yigitlarni mard, jasur, epchil, dovyurak qilib tarbiyalash vazifasini bajargan. Bu oʻyinlari ot naslini yaxshilashga, chidamli, tez harakat qiladigan zotlarini koʻpaytirishga yordam qilgan. Qorabayir, arabi, axaltekin, qurama, laqay, kustanay, qorabogʻ va hozirgi Orlov ot zotlari uchqir otlar qisoblanadi.

ot1 ot3 ot4

Ulo-ko’pkari, asosan, 2 qismdan — solim (qoqma) va poytadan iborat. Solim (qoqma) chortoq ustidagi bakovullar (hakamlar) uloq (soʻyilib ichki aʼzolari, bosh va oyoqlari kesib olingan echki yoki buzoq)ni toʻdaga tashlaydi. Toʻdadagi chavandozlar uni olib, tortishib, eng kuchlisi uni marraga yetkazib berishi lozim. Kim uni marraga yolgʻiz oʻzi halol olib kelsa, unga avvaldan belgilangan mukofot taqdim etiladi. Katta toʻylarda mukofotga pul, mato, kiyim, gilam, qoʻchqor va boshqa qoʻyiladi.

Poyga 2 turdan iborat: otda chavandozning poygasi  va uloq bilan chopish poygasi. U bilan poygada belgilangan joydagi uloqni olish uchun hakamlar ruxsat bergandan keyin chavandoz ot choptirib borib uloqni yerdan koʻtarib olishi va marraga yetkazishi kerak.

uloq3ulloq4 ulloq6 ulloq7uloq2

Keyingi yillarda uloq-ko’pkari  oʻyinlari sport turiga kiritildi va Oʻzbekistonda respublika miqyosida rasmiy musobaqalar, xalqaro turnirlar oʻtkazila boshlandi . 1998-yil Samarqand viloyatining Chelak tumanida, 1999-yil «Alpomish» dostonining 1000 yilligiga bagʻishlanib Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida respublika musobaqalari tashkil qilindi. 1-xalqaro musobaqa Navoiy viloyatidagi Islomobod jamoa xoʻjaligida boʻlib oʻtdi (1999-yil, 27—29 noyabr), unda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Oʻzbekiston terma jamoalari bilan birga Navoiy, Samarkand viloyati vakillari alohida jamoa sifatida ishtirok etdi.

Uning sport turi sifatida xalqaro miqyosida 38 mamlakatda (2004 y.) tan olinishida Oʻzbekiston «Ot sporti va uloq federatsiyasi» tomonidan uloq-ko’pkari musobaqalarining umumiy qoidalari ishlab chiqilishi va Xalqaro «Kok boru» (U — koʻpkari) federatsiyasining taʼsis etilishi (2001 y. 7—11 noyabr, Bishkek)ning ahamiyati katta boʻldi.

Oʻzbekistonda alohida Uloq-koʻpkari federatsiyasi tuzildi (2002 y. 29 aprel). Federatsiya tuman, viloyat, respublika musobaqalarini uyushtiradi.

Leave a Reply