Adabiyot – XX asr o’zbek adabiyoti

  • TOHIR MALIK
  • скачанные файлы

O’zbek fantastik adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgan ijodkorlardan biri Tohir Malik 1946 yil 27 dekabrda Toshkentda ziyoli oilasida tug‘ilgan. Taniqli o‘zbek adibi va tarjimoni Mirzakalon Ismoiliy Tohir Malikning tog‘asidir.

  • O’rta maktabni tugatgach, kunduzlari qurilishda ishlaydi, kechqurunlari ToshDU ning jurnalistika fakultetida o‘qiydi. U maktablarda o‘qituvchilik qildi, nashriyotlarda, ro‘znoma va oynomalarda, radio-televidenie qo‘mitasida, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ishladi. Yozuvchi ko‘pincha fantastik, ilmiy-fantastik va sarguzasht yo‘nalishida yozadi.
  • Asarlari: «Hikmat afandining o‘limi» (1971, birinchi asari), «Zaharli g‘ubor» (1978), «Somon yo‘li elchilari» (1979), «Chorrahada qolgan odamlar» (1985), «Kaldirg‘och» (1987), «Bir ko‘cha, bir kecha» (1988), «Alvido, bolalik» (1989), «So‘nggi o‘q» (1990), «Charxpalak», «Shaytanat», «Murdalar gapirmaydilar», «Falak» (Ali Kushchi «Batlimusi Davron» deb ta’riflangan) va boshq.
  • e-Kitoblar bo’limida Tohir Malikning  «So‘nggi o‘q» asari bilan tanishishingiz mumkin.

Leave a Reply